21:38 / 05.01.2018
9 259

Prezident Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasida. Ahvol og‘ir, vaziyat talab darajasida emas

Prezident Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasida. Ahvol og‘ir, vaziyat talab darajasida emas
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 5 yanvar kuni Toshkent viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasida bo‘ldi va tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda davolanayotgan bemorlar ahvoli, turmush sharoiti bilan qiziqdi, ular bilan muloqot qildi.

Yangiyo‘l tumanida 262 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Tuman tibbiyot birlashmasining ilk binosi 1912 yilda qurilgan. So‘nggi binosi 1979 yilda foydalanishga topshirilgan. Keyingi yillarda binolarda qisman ta’mirlash ishlari olib borilgan. Bugungi kunga kelib shifo maskanining aksariyat binolari ma’nan eskirgan. Tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanish darajasi ham zamon talablariga javob bermaydi. Oddiy holatlarda ham bemorlar poytaxtdagi tibbiyot maskanlariga qatnab, muolaja olishga majbur bo‘lmoqda.

“Tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad odamlarni rozi qilish, salomatligini yanada mustahkamlashdir. Joylardagi ahvol bilan tanishayotganimiz, tibbiyot muassasalardagi sharoitlarni o‘rganayotganimiz kelgusida ishlarimizni to‘g‘ri yo‘lga solishda yaxshi samara beradi”, dedi Prezident.

Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasi hududi salkam 10 gektarni tashkil etadi. Davlat rahbari bu yerda yaqin kelajakda 5 gektarda 20 dan ortiq yo‘nalishda xususiy, qolgan qismida davlat tibbiyot muassasalarini tashkil etish, ularni eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida Zangiota tumanidagi “Highway Logistics” ligistika markazi faoliyati bilan tanishdi. Yangiyo‘l shahridagi “Fayzli” mahallasida mehmon bo‘lib, aholi bilan muloqot qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasida. Ahvol og‘ir, vaziyat talab darajasida emas