5 637
Endi restoran va kafelar tig‘iz vaqtda ishlatgan elektr energiyasi uchun 1,5 baravar ko‘p to‘laydilar

2018 yilning 1 yanvaridan boshlab elektr energiyasi iste’molchilari ishlatilgan energiya haqini turli tariflarda to‘laydi, deb yozadi O‘zA.
Vazirlar Mahkamasining 29 dekabrdagi qaroriga muvofiq, pishgan g‘isht, gips, sement va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, shuningdek, muayyan xizmatlar ko‘rsatuvchi (restoranlar, kafelar va boshqalar) iste’molchilar ulangan quvvati 750 kVA bo‘lgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘sib boruvchi koeffitsiyentlar va tariflarga muvofiq amalga oshiradi.
Mazkur turdagi iste’molchilarga elektr energiyasi uchun to‘lovlar tig‘iz paytda belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar qimmat, tunggi davrda 1,5 baravar arzon bo‘ladi. Yarim tig‘iz vaqtdagi narxlar esa o‘zgarishsiz qoladi.
“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatidan ma’lum qilishlaricha, ayni vaqtda elektr energiyasining 1 Kvt uchun amaldagi tarif 204 so‘m 30 tiyini tashkil etmoqda. Yangi tarifda esa tig‘iz vaqtda ishlatilgan energiya uchun bu ko‘rsatkich 306 so‘m 45 tiyin, tungi vaqt uchun esa 136 so‘m atrofida belgilanishi kutilmoqda.
Tabaqalashtirilgan tarif sutka vaqtining quyidagi zonalari bo‘yicha qo‘llaniladi:

- tig‘iz vaqt – soat 6.00 dan 9.00 gacha va 17.00 dan 22.00 gacha;
- tungi vaqt – soat 22.00 dan 24.00 gacha va 00.00 dan 06.00 gacha;
- yarim tig‘iz vaqt – soat 9.00 dan 17.00 gacha.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Elektr energiyasi va gaz uchun oldindan to‘lov qoidasi o‘zgardi

Qo‘chqorov: «Prezidentga kiritilgan loyihada narxlar bundan ham baland edi»

Elektr va gazdan foydalanish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi

Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lov intizomiga o‘zgartish kiritildi

O‘zbekistonda tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun to‘lovlar oshirildi

15 iyuldan elektr energiyasi narxi 7 foizga oshadi