23:21 / 05.01.2018
8 518

Shavkat Mirziyoyev Yangiyo‘ldagi shifoxonada nimani ko‘rib "...yuragimda qoldi" dedi?

Шавкат Мирзиёев Янгийўлдаги шифохонада нимани кўриб "...юрагимда қолди" деди?
Xabaringiz bor, bugun, 5 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yangi loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Toshkent viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida Prezident Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasida bo‘ldi. Bemorlar holidan xabar olib, tibbiy xizmat sifati bilan tanishdi.

Yangiyo‘l tumanida 262 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Tuman tibbiyot birlashmasining ilk binosi 1912 yilda qurilgan. So‘nggi binosi 1979 yilda foydalanishga topshirilgan. Keyingi yillarda binolarda qisman ta’mirlash ishlari olib borilgan. Bugungi kunga kelib shifo maskanining aksariyat binolari ma’nan eskirgan. Tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanish darajasi ham zamon talablariga javob bermaydi. Oddiy holatlarda ham bemorlar poytaxtdagi tibbiyot maskanlariga qatnab, muolaja olishga majbur bo‘lmoqda.

Prezident vaziyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, xulosa chiqarishga, tegishli ko‘rsatmalar berishga o‘rgangan. U eng chekka tumanlardagi vaziyatni ham yaxshi biladi. Odamlarning muammosini quyi tizimda ishlayotganlar, mas’ul xodimlarga qaraganda Prezident ko‘proq o‘rganyapti, ularga jon deb quloq tutyapti, eshitishga, muammolarini o‘rganishga vaqt topyapti. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, Xalq har masalada o‘zi tanlagan rahbarga suyana olyapti, unga ishonyapti.

Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent viloyati faollari bilan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ham xalq tilidan gapirdi. “Yangiyo‘ldagi shifoxonada bemorlar choponda yotganini ko‘rib, ko‘zimga yosh keldi. Krovatlar, binoning ahvoli yuragimda qoldi”, deydi davlat rahbari.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Yangiyo‘ldagi shifoxonada nimani ko‘rib "...yuragimda qoldi" dedi?