16:39 / 11.01.2018
20 547

Islom Karimovning 27 yoshida aka-ukalari bilan tushgan surati e’lon qilindi

Islom Karimovning 27 yoshida aka-ukalari bilan tushgan surati e’lon qilindi
Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoatchilik fondi Facebook'dagi sahifasida Birinchi Prezidentning aka-ukalari bilan tushgan suratini joyladi, deb yozadi Sof.uz.

"Suratda 27 yoshli Islom Karimov (chapdan uchinchi) aka-ukalari Quddus, Ibodullo va Xurshid bilan. Samarqand, 1965 yil", — deya izoh berilgan suratga.

Eslatib o‘tamiz, Islom Karimov fondi O‘zbekiston Birinchi Prezidentining oilasiga daxldor yangi fotosurat va ma’lumotlarni e’lon qilgan edi. Ularga ko‘ra, oilada sakkiz farzand o‘sib ulg‘aygan: bir qiz — Mehriniso va yetti aka-uka: Amonullo, Ibodullo, Arslon, Quddus, Ikrom, Islom, Xurshid.

Fond O‘zbekiston birinchi prezidenti xotirasini abadiylashtirish maqsadida 2016 yilning oktyabrida Tatyana Karimova va Lola Karimova-Tillayeva tomonidan tashkil etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Islom Karimovning 27 yoshida aka-ukalari bilan tushgan surati e’lon qilindi