17:38 / 11.01.2018
6 856

Toshkentdagi supermarketda Ozodbek Nazarbekov boshchiligida yulduzlar jurnal taqdimotini o‘tkazadilar

Toshkentdagi supermarketda Ozodbek Nazarbekov boshchiligida yulduzlar jurnal taqdimotini o‘tkazadilar
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Samandar Hamroqulov, shuningdek, o‘zbek estradasining taniqli yulduzlari, televedeniyening ko‘zga ko‘ringan ijodkorlari – Nozima Vohidova, Nilufar Umrzoqova, Dildora Rustamova, Kamola Ermatova va bir qator el suygan teleboshlovchilar bugun, 11 yanvar kuni Toshkent shahridagi “Samarqand darvoza” ko‘ngilochar savdo majmuasiga jam bo‘ladilar.

O‘zbekiston Milliy tederadiokompaniyasining bir necha yillardan buyon chop etib kelinayotgan “Sado” gazetasi, mukammal teledasturlar, suhbatlar, yo‘l ocherklari, sayohat, salomatlikka oid qiziqarli maqolalar va taniqli shaxslar bilan intervyulardan iborat “TV Park uz” jurnaliga aylantirildi. Ushbu jurnalning ilk sonini bugun taniqli xonandalar va teleboshlovchilar qo‘lidan olish imkoniyati bor.

Birozdan so‘ng, ushbu tadbirdan fotoreportajni e’tiboringizga havola etamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi supermarketda Ozodbek Nazarbekov boshchiligida yulduzlar jurnal taqdimotini o‘tkazadilar