11 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari faoliyati tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, Prezident devoni vakillari, hukumat a’zolari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa vazirlik hamda idoralar rahbar xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori sifatida ishlab kelayotgan Abdumalik Jumanov lavozimidan bo‘shatilgan. Hukumatdagi KUN.UZ axborot manbasining aytishicha, bunday o‘zgarish diplomatiya sohasida kadrlar tayyorlash dasturini tubdan isloh qilish uchun bajarilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jumanov bundan oldin Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida ham rektor sifatida faoliyat yuritgandi. Shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori o‘tgan yildan e’tiboran vazir o‘rinbosari maqomiga tenglashtirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi