12:31 / 17.01.2018
6 721

“Qamchiq” dovonida qolib ketgan uch avtomobilga texnik yordam ko‘rsatildi

“Qamchiq” dovonida qolib ketgan uch avtomobilga texnik yordam ko‘rsatildi
“Qamchiq” dovonida noqulay ob-havo sharoiti davom etmoqda. Aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tunu kun navbatchilik tashkil qilingan.

Kecha, 16 yanvar kuni soat 13:30 atrofida Isuzu rusumli avtotransport vositasi dvigatelining nosozligi tufayli, A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 243 kmda to‘xtab qolgan. “Qamchiq” MQQB qutqaruvchilari voqea joyiga chiqib, nosoz avtotransport vositasi evakuatorga yuklangan va texnik yordam ko‘rsatish maskaniga yetkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oradan ko‘p o‘tmay, soat 15:20 da esa Epica rusumli yengil avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 243 kmda beton to‘siqqa urilib, qisilib qolgan. FVV qutqaruvchilari voqea joyiga chiqib, avtotransport vositasini to‘siq orasidan olib chiqib, uni evakuatorga yuklashda va texnik yordam ko‘rsatish maskaniga yetkazilishida amaliy yordam ko‘rsatdilar.

Soat 17:03 da esa Damas rusumli avtotransport vositasi dvigatelining nosozligi tufayli, A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 247 kmda to‘xtab qolgan. Zudlik bilan qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelib, nosoz avtotransport vositasini evakuatorga yuklanib, texnik yordam ko‘rsatish maskaniga yetkazildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Qamchiq” dovonida qolib ketgan uch avtomobilga texnik yordam ko‘rsatildi