20:45 / 19.01.2018
7 038

Toshkent shahrida ichimlik suvi uchun to‘lov oshirildi

Toshkent shahrida ichimlik suvi uchun to‘lov oshirildi
Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov qaroriga ko‘ra, poytaxtdagi ichimlik suv ta’minoti xizmatlari tariflariga 100 so‘m/m kub. miqdorida maxsus ustama haq belgilandi. Bu haqda shahar hokimi joriy yilning 12 yanvar kuni imzolagan 69-son qarorida shunday deyiladi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida 1 m.kub suv uchun endilikda 600 so‘m to‘lanadi. Gap shundaki, Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalaridan biri sifatida ichimlik suv ta’minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq belgilanishi nazarda tutilgandi. Aynan mana shu vazifani bajarish maqsadida ichimlik suvi uchun to‘lanadigan narx oshirilmoqda.
Qarorda aynan qaysi toifa iste’molchilar maxsus ustama haq bilan qayta hisoblangan narx bo‘yicha ichimlik suviga pul to‘lashi ko‘rsatilmagan. Demak, bu barcha uchun birdek tatbiq etilishi rejalashtirilgan. Ichimlik suvi hisoblagichini o‘rnatmagan iste’molchilardan suv ta’minoti xizmati uchun oshirilgan miqdorda, ya’ni 1,5 barobarda to‘lov undiriladi. Masalan, bir oyda maxsus ustama haq bilan hisoblaganda o‘rtacha 9948,5 so‘m to‘laydi.

Ichimlik suv ta’minoti xizmatlari tariflariga belgilangan maxsus ustama haq summasi maqsadli tushum hisoblanadi, barcha soliq turlarini va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashda soliqqa tortiladigan bazaga kiritilmaydi, shuningdek, suv ta’minoti tashkilotlarining moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrida ichimlik suvi uchun to‘lov oshirildi