10:34 / 21.01.2018
6 318

O‘g‘rining himmati...

O‘g‘rining himmati...
Amakimning o‘rtog‘i hikoya qiladi: «Bir yil avval “Damas”da qo‘l telefonimni tushirib, yo‘qotib qo‘ydim. Rusumi Nokia 6300 edi. Darrov qo‘ng‘iroq qildim. Yoshroq bola oldi. Telefon meniki ekanini aytib, qaytarishini so‘radim. “Yo‘q, bermayman, men uni topib oldim”, deb telefonni o‘chirdi. Yana qo‘ng‘iroq qildim:

– Bolam, mayli, telefon senga qolsin-u, lekin sim kartamni qaytar.

– Mayli, – dedi bola, – markazdagi pochta oldidagi telefon budkasiga boring. Uning yuqori qismiga sim kartangizni qistirib ketaman.

Bordim. Aytilgan joydan sim kartani olib, telefonga solgan edimki, qo‘ng‘iroq bo‘ldi.

– Oldingizmi?

– Oldim.

– Mayli, telefon uchun rahmat.

– Bolam, raqamimni saqlab qo‘y. Kun kelib, uni qaytarging kelib qolsa, deyman-da...

Oradan bir yil o‘tdi. Bu voqea esimdan chiqib ham ketganida notanish raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘ldi:

– Men o‘sha, telefoningizni o‘g‘irlagan bolaman. Telefoningizni qaytarmoqchiman. Mendan rozi bo‘ling. O‘shanda zalolatda edim. Xudoga shukr, yomon yo‘ldan qaytdim. Alloh insof berib, namoz o‘qishni boshladim. Markazdagi falon do‘konga kelsangiz, sizga telefoningizni berishadi.

Aytgan manziliga bordim. Bir yigit kimligini oshkor qilmaslik sharti bilan ushbu omonatni tashlab ketishganini aytib, telefonimni qo‘limga tutqazdi...»
Davronbek Tojialiyev

Manba: irfon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘g‘rining himmati...