Yo‘lovchi avtotransportida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, davlat chegarasidan tashqariga chiqayotgan fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga doir shoshilinch chora-tadbirlarga doir Hukumat qarori imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qaror Qozog‘iston Respublikasi Oqto‘ba viloyatida sodir bo‘lgan fojiali voqealar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, davlat chegarasidan tashqariga chiqayotgan fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Qarorga ko‘ra, chegaradosh davlatlar bilan xalqaro yo‘llarda muntazam avtobus qatnovlari tashkil etiladi.
Chegaradosh davlatlarning tegishli vazirlik va idoralari bilan O‘zbekiston fuqarolarini noqonuniy tashish, ular ishtirokida baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida borgan mamlakatda avtotransport vositalarida xavfsizlik standartlari va talablarini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik ta’minlanadi.
Borgan mamlakatidagi ro‘y bergan hodisa oqibatida jabrlangan fuqarolarga xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari tomonidan shoshilinch yordam ko‘rsatish mexanizmi ishlab chiqiladi.
Aviatsiya va temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni tashish uchun chiptalar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining buyurtmanomalari bo‘yicha imtiyozli tariflar bo‘yicha rasmiylashtirish nazarda tutilgan Idoralararo bitim tasdiqlanadi.
Bir oy muddatda charter qatnovlarni amalga oshirish, harakatdagi temir yo‘l tarkibi soni, shu jumladan, platskart vagonlar ulushini ko‘paytirish, byudjeti past bo‘lgan xorijiy avia va temir yo‘l kompaniyalari, shu jumladan, «Rossiya temir yo‘llari» bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi.
2018 yilning 1 fevralidan boshlab, yo‘lovchilar bilan Davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan avtobuslar va mikroavtobuslar yo‘lga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi