09:30 / 24.01.2018
5 634

Rossiya shaharlariga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Rossiya shaharlariga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» aksiyadorlik jamiyati joriy yilning fevral oyidan boshlab bir qator xalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan yo‘lovchi poyezdlari uchun qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda jamiyat axborot xizmati xabar berdi.

Hozirgi kunda Toshkent-Moskva, Toshkent-Ufa va Andijon-Moskva yo‘nalishlarida haftada bir marotaba harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdlari fevraldan haftada ikki marotaba harakatlana boshlaydi. Toshkent-Volgograd yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi esa haftada 3 marotaba qatnovni amalga oshiradi.

Eslatib o‘tish kerak, yo‘lovchi avtotransportida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, davlat chegarasidan tashqariga chiqayotgan fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga doir shoshilinch chora-tadbirlarga doir Hukumat qarori imzolangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiya shaharlariga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi