13:02 / 26.01.2018
8 397

Dinozavrlarning asl Vatani O‘zbekiston ekanligi ma’lum bo‘ldi

Dinozavrlarning asl Vatani O‘zbekiston ekanligi ma’lum bo‘ldi
Bundan 90 million yil avval sayyoramizda yashagan yirtqich dinozavr ilk bor Janubiy Amerikada emas, balki Markaziy Osiyoda paydo bo‘lgan ekan.

Rossiya Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti paleontologlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar yakunida shunday xulosaga kelindi.

“Xalq so‘zi” nashri xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda topilgan alvareszavrid deb nomlanuvchi sudralib yuruvchi qoldiqlari nafaqat Argentinada kovlab olingan shu turdagi hayvon suyaklari kabi qadimiy, balki evolyutsion jihatdan ko‘proq rivojlangan hamdir.

Aniqlanishicha, O‘zbekistonda topilgan dinozavr panjalari mukammalroq joylashgan. Uning oyoqlari tez yugurishga yaxshiroq moslashgan. “Shundan kelib chiqadiki, bu turdagi hayvonlar Osiyoda yuzaga kelgan, uning ma’lum bir avlodi esa Janubiy Amerikaga kirib borgan”, — deydi RFA Zoologiya instituti laboratoriya mudiri Aleksandr Averyanov.

U yana “sariq qit’a”da okean ortidagiga nisbatan alvareszavridlarning turlari ko‘proq uchraganini qayd etib o‘tdi. Mazkur topilma olimlarga materiklar harakatini o‘rganish uchun yordam berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizda ushbu dinozavr qoldiqlari 1997-2006 yillarda olib borilgan ekspeditsiya paytida qo‘lga kiritilgan edi.

Ma’lumot uchun, alvareszavridlar bo‘yi ikki metrdan oshmagan, ikki oyoqli, uzun dumli jonzotlar bo‘lib, hasharotlar lichinkalari bilan oziqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dinozavrlarning asl Vatani O‘zbekiston ekanligi ma’lum bo‘ldi