10:02 / 28.01.2018
8 256

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi Harakatlar strategiyasining davlat boshqaruvi, sud-huquq, iqtisodiyot, ijtimoiy himoya, xavfsizlik va xalqaro aloqalar yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarni doimiy ishga taklif etadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
  • oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • tahliliy materiallar tayyorlash;
  • ijodiy fikrlash va yondashuv;
  • o‘z mutaxassisligi bo‘yicha malakali tajriba (xorijiy tajribaga ega bo‘lsa, olqishlanadi);
  • xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik olib borish va loyihani boshqarish ko‘nikmalari;
  • kompyuter savodxonligi hamda xorijiy tillarni mukammal bilishi (ingliz tili olqishlanadi).

Vazifalar:
  • Harakatlar strategiyasining barcha ustuvor yo‘nalishlarini yaxshi tushunishi;
  • Davlat dasturi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan yaqin hamkorlik qilish;
  • normativ-huquqiy hujjat loyihalari ustida ishlash;
  • Davlat dasturi ijrosini doimiy monitoring qilish;
  • O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha xorijiy tajribani qo‘llash;
  • o‘z sohasi bo‘yicha yangi g‘oyalar taklif etish.

Oylik ish haqi miqdori har bir nomzod bilan alohida muhokama qilinadi.
Nomzodlar ma’lumotnomalari hamda qo‘shimcha savollar [email protected] elektron manzili orqali qabul qilinadi.

Eslatma: Nomzodlar ma’lumotnomalari faqat elektron manzil orqali qabul qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Taraqqiyot strategiyasi” markazi malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi