09:03 / 29.01.2018
6 461

Shavkat Mirziyoyev nega tez-tez lavozimiy o‘zgarishlarni amalga oshirayotganini izohladi

Shavkat Mirziyoyev nega tez-tez lavozimiy o‘zgarishlarni amalga oshirayotganini izohladi
Kecha, 28 yanvar kuni Chiroqchi tumanida prezident rahbarligida Qashqadaryo viloyati faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

«Kun.uz» manbasi xabar berishicha, ushbu yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tgan. Davlat rahbari bir qancha soha rahbarlari tomonidan olib borilayotgan ishlarni tanqid qilgan. Shu bilan birga turli davlat tashkilotlarida nega tez-tez lavozimiy o‘zgarishlarni amalga oshirayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Men nega tez-tez lavozimiy o‘zgarishlarni amalga oshirayapman, chunki qo‘ygan rahbarlarim hozirgi tizimga chidolmayapti, yetolmayapti. Mana shu. Chidash uchun sadoqat kerak, fidoyilik kerak, odam o‘zini qiynash kerak. Mana shunda natija bo‘ladi.

Toshkentda g‘o‘ddayib o‘tirish hammaga yoqadi. Qashqadaryoda ikkita zavod bor, deb o‘tirib bo‘lmaydi. Ikkita zavod bo‘lsa unda ikki ming odam ishlar, o‘n ming odam ishlar. Ammo Qashqadaryoning 3 millionga yaqin aholi bor, yoshlari bor... Ularni boqish kerak-ku! Mana qanday vazifalarni bajarish kerak”, - deb gapirib o‘tgan Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev nega tez-tez lavozimiy o‘zgarishlarni amalga oshirayotganini izohladi