16:39 / 29.01.2018
3 799

Buxoroda “odamfurush” ayol qo‘lga olindi

Бухорода "одамфуруш" аёл қўлга олинди
Buxoro shahrida yashovchi 45 yoshli Lochina Halimova halol mehnat bilan osoyishta hayot kechirish o‘rniga nopok yo‘lni tanladi. Bir necha ayolning ishonchiga kirib, ularni aldov yo‘li bilan xorijga jo‘natdi.

Maqsad bitta - ojizalarni fahsh ishlarga undab, boylik orttirish. Lochinaning yaxshigina daromadli ishlarga joylashtirish to‘g‘risidagi va’dalariga ishongan soddadil ayollar bu sarob ekanini keyin tushundi. Xullas, nomuslari poymol etilib, tahqirlandi.

Lochina bu qilmishlarining jazosi borligini bilardi. Shuning uchun ham O‘zbekistonga qaytmadi. 2011 yildan buyon Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yashirinib yurdi.

Lekin, nihoyat, Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasining tezkor xodimlari sa’y-harakati bilan qo‘lga olinib, xorijdan O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilindi.

Endi Lochina jirkanch ishlari uchun qonun oldida javob beradi.

Odamfurush ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda “odamfurush” ayol qo‘lga olindi