23:00 / 30.01.2018
8 288

Andijonlik 23 yoshli yigit militsiya bo‘limidagi tergovdan so‘ng o‘z joniga qasd qildi…

Andijonlik 23 yoshli yigit militsiya bo‘limidagi tergovdan so‘ng o‘z joniga qasd qildi…
Voqea 2018 yil 22 yanvar kuni Andijonda sodir bo‘lgan. 23 yoshli Abdurahim Sattorov ichki ishlar bo‘limida davom etgan 5 soatlik tergov jarayonidan keyin o‘z joniga qasd qilgan. Shu maqsadda 100 dona dimedrol, 10 dona Enam dori vositasini bir vaqtning o‘zida ichgan.

Viloyat tez tibbiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan shifoxona vrachlari harqalay Abdurahimning hayotini saqlab qolishdi. Biroq uning oyoq-qo‘l va yana tanadagi muhim a’zolari ishlamay qolgan, hech kimni tanimas darajaga yetgan.

Abdurahimning akasi Abdurashid aytadiki, tergovchi G‘ayratbek Ismanov Abdurahimga ruhiy bosim o‘tkazgan. Shu narsa yigitni o‘z joniga qasd qilishga undagan.

Lekin Andijon shahar ichki ishlar boshqarmasi tergovchisi G‘ayratbek Ismanov bu ayblovlarni qat’iyan rad etdi.

— Bizda gumondorga bosim o‘tkazish, qiynash, tan jarohatlari yetkazish taqiqlangan, — dedi u. — Prezidentimiz ham biz huquqshunoslardan xuddi shuni talab qilmoqda. Biz hech kimning fuqarolik huquqlarini poymol qilmaymiz va poymol qilmoqchi ham emasmiz…

Abdurahim Sattorovning qarindoshlari aytdiki, u 2017 yili uylangan. To‘ydan keyin moddiy ahvoli yomonlashib qolishi sababli tanishlarning biridan 700 dollar, boshqasidan 11 million so‘m qarz olgan. Abdurahimning shaxsan respublikamiz prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yozgan o‘limoldi maktubida tergovchi G‘ayratbek Ismanov unga qo‘ng‘iroq qilib, ustidan fuqarolar shikoyat qilgani, shundan kelib chiqib u firibgarlikda ayblanayotganini bayon etgani haqida so‘z boradi.

Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasidagilar viloyat prokuraturasi Abdurahimning ishi bo‘yicha alohida harakatlar boshlaganini ma’lum qildi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonlik 23 yoshli yigit militsiya bo‘limidagi tergovdan so‘ng o‘z joniga qasd qildi…