23:20 / 30.01.2018
10 514

Chaqaloqning tanasiga ignalarni kim tiqqan edi? Bosh prokuratura jinoyat ishi bo‘yicha axborot berdi

Chaqaloqning tanasiga ignalarni kim tiqqan edi? Bosh prokuratura jinoyat ishi bo‘yicha axborot berdi
O‘tgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda tanasidan ignalar topilgan go‘dakning suratlari tarqaldi. Azizbekning hayoti qil ustida turgani ma’lum qilindi, bolaning ahvoli og‘irligi aytildi. Bundan nafaqat uning yaqinlari, balki ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham tashvishga tushdi.

Mazkur voqea yuzasidan prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Gulnoza Rahimova quyidagicha O‘zAga axborot berdi.

“2018 yil 18 yanvar kuni Farg‘ona viloyati Toshloq tumani ichki ishlar bo‘limiga ichki a’zolarida ko‘plab ignalar aniqlangan bola haqida xabar kelib tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, bola 2017 yil 11 fevralda tavvallud topgan Azizbek Abdumajidov bo‘lib, uning oilasi tumanning “Nayman” mahalla fuqarolar yig‘inining Istiqlol ko‘chasida istiqomat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Aniqlanishicha, Azizbek Abdumajidov sog‘ligi yomonlashgani sababli 2018 yil 13 yanvarda onasi Sh.Boltaboyeva tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan. Shu kuni birlashma tomonidan Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish ilmiy markazi Farg‘ona viloyat filialiga yuborilgan. Tibbiy tekshiruvlar davomida uning ichki a’zolarida ko‘plab ignalar aniqlangan. Shu sababli bola 2018 yil 15 yanvarda davolanishni davom ettirish uchun Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish ilmiy markaziga olib kelingan”, deydi Gulnoza Rahimova.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 17 yanvar kuni Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish ilmiy markazi jarrohlik bo‘limida chaqaloq operatsiya qilingan. Azizbek Abdumajidovning qorin bo‘shlig‘i va bo‘yin sohasidan jami 12 dona po‘lat igna va sim bo‘lagi chiqarib olingan. Hayot uchun xavfli bo‘lmagan joyda joylashgan yana 3 dona ignani olish navbatdagi jarrohlik amaliyotiga qoldirilgan.

Sodir bo‘lgan ushbu hodisa bo‘yicha haqiqatni aniqlash hamda qonuniy qaror qabul qilinishini ta’minlash maqsadida 2018 yil 24 yanvarda Toshloq tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Azizbek Abdumajidovning tanasiga ignalarning tushishi sabablarini aniqlash maqsadida qator ekspertizalar tayinlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chaqaloqning tanasiga ignalarni kim tiqqan edi? Bosh prokuratura jinoyat ishi bo‘yicha axborot berdi