Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Toshkent metropoliteni” UK rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Anjumanda ma’lum qilinishicha, poytaxtimizda uzunligi 51,1 kilometr bo‘lgan yer usti metro halqa yo‘li qurilishi davom etmoqda. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha poyezdlarning o‘rtacha harakat tezligi 60 kilometrga yetadi, xalqa bo‘ylab yo‘lni bosib o‘tish vaqti 1 soatu 10 daqiqa etib belgilangan.
Dastlabki bosqichda Toshkent metropolitenining “Do‘stlik” bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan 8 bekatdan iborat qismi quriladi. Keyinchalik u “Olmazor”, “Beruniy”, “Bodomzor” hamda “Tuzel” bekatlari orqali yana “Do‘stlik” bekatiga tutashtirilib, yaxlit metro halqasini tashkil etadi. Mazkur metro yo‘li Yashnobod, Uchtepa, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlari hududidan o‘tadi.
Ayni paytda bu yerda 47,5 ming kub metr tuproq ishlari bajarildi. 175 ta estakada tayanch ustunlarining loyiha-smeta hujjatlari olindi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»