16:35 / 02.02.2018
10 110

2018 yilda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining miqdori qancha?

2018 yilda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining miqdori qancha?
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqishda eng kam oylik ish haqining yil boshidagi miqdori (2018 yil 1 yanvar holatiga 172,240 so‘m)dan kelib chiqib hisoblanadi va eng kam oylik ish haqi miqdori o‘zgargan taqdirda ham o‘zgarmaydi, deb xabar beradi O‘zA.

2018 yil uchun tasdiqlangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat byudjeti parametrlariga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i:

eng kam ish haqining 1 baravaridan 5 baravarigacha bo‘lgan daromaddan 7,5 foiz miqdorda;

eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha bo‘lgan daromaddan 16,5 foiz miqdorda;

eng kam ish haqining 10 baravaridan yuqori daromaddan 22,5 foiz miqdorda undiriladi.

Eng kam oylik ish haqining bir baravarigacha ya’ni, 172,240 so‘mgacha bo‘lgan daromadlar soliqqa tortilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2018 yilda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining miqdori qancha?