2 fevral kuni internetda Toshkent shahridagi «O‘rikzor» bozori sotuvga qo‘yilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. O‘zA muxbiri masalaga oydinlik kiritish maqsadida Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga murojaat qildi.
Boshqarma bosh mutaxassisi Bahodir Yusufjonovning aniqlik kiritishicha, Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan 36 ta davlat aktivi savdoga qo‘yilgan. Ular orasida «O‘rikzor savdo kompleksi» mas’uliyati cheklangan jamiyati balansidagi ikkita mulk kompleksi ham bor.
Ikki kompleks ham Uchtepa tumanida joylashgan bo‘lib, biri savdo, ikkinchisi xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mulk kompleksi hisoblanadi. Ular Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 iyundagi 507-farmoyishiga binoan savdoga qo‘yilgan.
«Boshqarma bosh mutaxassisining ma’lumotlari shundan dalolat beradiki, savdoga qo‘yilgan davlat aktivlari haqidagi e’lonning ayrim OAV tomonidan noto‘g‘ri talqin etilishi hamda yuzaki yondashilishi natijasida ‘O‘rikzor’ bozorining sotilishi haqidagi xabarlar tarqab ketgan», — deyiladi xabarnomada. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi