14:30 / 03.02.2018
13 484

O‘zbekiston prezidenti ayollar to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi

O‘zbekiston prezidenti ayollar to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident Farmoni e’lon qilindi, deb xabar qildi «Mulohaza» nashri.

Farmon bilan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida bir qator tadbirlar belgilandi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi va uning hududiy bo‘linmalari rahbarlari eng avvvalo:

— og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarni o‘z vaqtida aniqlash, ular bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni olib borish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash;

— xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ular o‘rtasida oilaviy va xususiy tadbirkorlikni, hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy choralarni amalga oshirish;

— xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini samarali tashkil etish, shu jumladan, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga shaxsan javobgardir.

Xotin-qizlar qo‘mitasi va «Oila» markazi vakillarini ularning vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlarga va boshqa tadbirlarga jalb etish ta’qiqlandi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi negizida tashkil etilib uning asosiy vazifalari eng avvalo, «Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat» konseptual g‘oyasini hayotga tatbiq etishdir.

Xotin-qizlar qo‘mitasi markaziy apparati xodimlariga nisbatan har oylik ustamalar belgilanib, xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etilmoqda.

2018 yil 1 martdan boshlab Xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika «Oila» markazi va ularning hududiy bo‘linmalari boshqaruv apparati xodimlari tarkibiga kiruvchi pensionerlarga, ularning bu tashkilotlardagi faoliyati yagona bo‘lgan taqdirda, pensiyalari to‘liq to‘lanadi.

Jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan xotin-qizlarga beriladigan «Mo‘’tabar ayol» ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston prezidenti ayollar to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi