09:44 / 08.02.2018
7 566

Toshkentda 50.000 so‘mlik qalbaki pullarni yasash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Toshkentda 50.000 so‘mlik qalbaki pullarni yasash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi
2018 yilning fevral oyi boshlarida B.I., F.A., D.K. va Sh.I. o‘zaro jinoiy til biriktirib, O‘zbekiston Respublikasining milliy pul birligi hisoblangan “so‘m” pullarni qalbakilashtirishni rejalashtirib, 50.000 so‘mlik kupyuralardan iborat bo‘lgan jami 100 dona 5.000.000 so‘m qalbaki pullarni yasaganlar va mazkur pullarning 3.600.000 so‘mini noqonuniy ravishda o‘zlarining ehtiyojlari uchun sarflab kelganlar. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar qildi.

2018 yilning 7 fevral kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir jarayonida, B.I., F.A., D.K. va Sh.I. Yashnobod tumani joylashgan do‘konda avvaldan yasalgan qalbaki pullar evaziga mahsulot xarid qilmoqchi bo‘lganliklari aniqlanib, ushlanganlar va ulardan 1.400.000 so‘m miqdoridagi qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 176-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘tkazish maqsadida qalbaki qimmatli qog‘ozlar yasash va ularni o‘tkazish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.


Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 50.000 so‘mlik qalbaki pullarni yasash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi