11:00 / 08.02.2018
7 329

O‘zbekistonda avtomobillarni notarial rasmiylashtiruvisiz ijaraga olishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda avtomobillarni notarial rasmiylashtiruvisiz ijaraga olishga ruxsat beriladi
O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan qisqa muddatlarga transport vositalarini ijaraga olish (prokat) tartibi to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, jismoniy shaxslar, shu jumladan chet elliklar, avtoulovlarni 30 kungacha ijaraga olishlari mumkin.

Mazkur qarorda qayd etilganidek, avtomobillar ijaraga notarial tasdiqlangan va ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tgan holda taqdim etilishi shart bo‘lmaydi.

2018 yil aprel oyida tegishli qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda avtomobillarni notarial rasmiylashtiruvisiz ijaraga olishga ruxsat beriladi