17:20 / 08.02.2018
4 626

[img]https://zamin.uz/uploads/posts/2018-02/1518089292_vtzjltmiyei2qn5bh51g4plz9xveiqkd.jpg[/img] Joriy yilning aprel oyidan boshlab Samarqandda ikki qavatli avtobuslar ishga tushadi. Toshkentda bunday avtobuslardan allaqachon unumli foydalilmoqda.

[img]https://zamin.uz/uploads/posts/2018-02/1518089292_vtzjltmiyei2qn5bh51g4plz9xveiqkd.jpg[/img] Joriy yilning aprel oyidan boshlab Samarqandda ikki qavatli avtobuslar ishga tushadi.  Toshkentda bunday avtobuslardan allaqachon unumli foydalilmoqda.
Joriy yilning aprel oyidan boshlab Samarqandda ikki qavatli avtobuslar ishga tushadi.

Toshkentda bunday avtobuslardan allaqachon unumli foydalilmoqda. Shaharning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab tashkil qilingan ekskursiya 2,5 soat davom etadi. Avtobuslar har ikki soatda O‘zbekiston mehmonxonasi yaqinidagi bekatdan boshlanadi.

"Avtobuslar sakkiz tilda gapiradigan audiogid bilan jihozlanadi. Ekskursiya davomida audiogid sayyohlarga Samarqandning asosiy yodgorliklari va afsonalarini hikoya qilib beradi. Undan tashqari ekskursiyadan milliy taomlar haqidagi hikoyalar va milliy musiqa o‘rin olgan. Ana shunday ikki qavatli avtobuslarda shahar bo‘ylab ekskursiyalar kelajakda O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham tashkil qilinadi", — dedi Davlat turizm qo‘mitasi vakili.

O‘zbekistonda ekskursiyalar uchun Xitoyda ishlab chiqarilgan Higer avtobuslaridan foydalaniladi. Bugungi kunda ushbu kompaniya dunyoda, tomosha avtobuslari ishlab chiqaruvchi, yetakchi kompaniyalardan biridir. Undan tashqari Higer o‘z avtobuslarini O‘zbekiston iqlim sharoitiga moslashtirishni o‘z zimmasiga olgan.

Xususan Yevropa shaharlari uchun ishlab chiqarilgan avtobuslar balandligi 4,3-4,4 metr bo‘lsa O‘zbekiston qonunlariga ko‘ra avtobus balandligi 4 metr bilan cheklangan.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Toshkentda tomosha sayllari uchun foydalanilayotgan avtobuslar barcha xavfsizlik talablariga javob beradi. Har bir o‘rindiq xavfsizlik kamari bilan jihozlangan. Avtobusla imkoniyati cheklangan kishilar uchun ham barcha qulayliklar yaratilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » [img]https://zamin.uz/uploads/posts/2018-02/1518089292_vtzjltmiyei2qn5bh51g4plz9xveiqkd.jpg[/img] Joriy yilning aprel oyidan boshlab Samarqandda ikki qavatli avtobuslar ishga tushadi. Toshkentda bunday avtobuslardan allaqachon unumli foydalilmoqda.