12:50 / 09.02.2018
13 781

… 45-89 abonenti: «Ko‘ngil qo‘ymay yashash qiyin ekan…»

… 45-89 abonenti: «Ko‘ngil qo‘ymay yashash qiyin ekan…»
— Onam juda ko‘p xonadonlarning eshigini qoqdi. Ammo birorta xonadon bizga qizini berishga rozilik bermadi. Buning sababi oddiy edi. Otam-onam ajrashgan, biz to‘rtovlon yolg‘iz, hech qayerda o‘qimagan va bir korxonaning hovlisini supurib yuradigan onamning qaramog‘ida edik. To‘ng‘ich o‘g‘il bo‘lganim uchun onam meni tezroq uylantirish taraddudida, biroq hech bir qiz menga umr yo‘ldosh bo‘lishni istamasdi.

Men ofisda texnik bo‘lib ishlardim. Shuning uchun ham to‘g‘ri kelgan qizni emas, o‘qimishli, fahm-farosatli qizlarga og‘iz solishga jur’at etardim. Onam esa umidsizlarcha «Ular bizga qizini berarmikin», deb sovchilikka borar va ishni pishitolmay qaytardi. Shundanmi, yigitlik g‘ururim, ruhim sindi va to‘g‘ri kelgan qizga ko‘ngilsiz bo‘lsam-da, uylanishga qaror qildim.

Yoqmasa ham, xunukkina bo‘lsa-da, aqlli bir qiz bilan uchrashdim. To‘y bo‘ldi. Hozir uch nafar farzandim bor. Ammo xotiniga nisbatan yuragim sira jizillamaydi, to‘g‘rirog‘i, uni sevmayman. U esa men uchun hamma narsaga tayyor. Eng muhimi, onamning ko‘nglini olishga usta. Lekin ko‘nglim sira uni demaydi. Ba’zida alamdan ajrashsammikin, degan xulosaga kelaman. Ko‘ngilsiz yashash qiyin ekan? Qanday yo‘l tutay?
… 45-89 abonenti

Manba: hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » … 45-89 abonenti: «Ko‘ngil qo‘ymay yashash qiyin ekan…»