17:35 / 09.02.2018
5 870

Shavkat Mirziyoyev Qodiriy va Cho‘lpon ijodiga alohida e’tibor qaratdi

Shavkat Mirziyoyev Qodiriy va Cho‘lpon ijodiga alohida e’tibor qaratdi
Davlat rahbari tashabbusi bilan Olmazor tumani Qichqiriq kanali bo‘yida madaniyat va istirohat bog‘i barpo etilishi rejalashtirilgan edi. Shavkat Mirziyoyevga mazkur park loyihasi yuzasidan ma’lumot berildi.

Bog‘da bolalar va sport maydonchalari, zamonaviy attraksionlar tashkil etiladi. Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon nomidagi kutubxonalar, Nuroniylar maskani quriladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident kutubxonalarning poytaxt maktablari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish, Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon ijodini yoshlarga chuqurroq o‘rgatish zarurligini ta’kidladi.

Aholining dam olishi uchun qulayliklarni oshirish, xususan, Nuroniylar maskanida choyxona va askiya markazi tashkil qilish, yaqin joyda poliklinika barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida «Xavfsiz shahar» konsepsiyasi asosida olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.

Davlat rahbari uyma-uy yurib, odamlar bilan suhbatlashish, ularning muammolarini hal qilishga ko‘maklashish, ish o‘rinlari yaratish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zarurligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Qodiriy va Cho‘lpon ijodiga alohida e’tibor qaratdi