21:24 / 09.02.2018
14 401

Ijtimoiy tarmoqlarni larzaga solgan Oqqo‘rg‘onlik “Manyak” qamoqqa olindi

Ijtimoiy tarmoqlarni larzaga solgan Oqqo‘rg‘onlik “Manyak” qamoqqa olindi
“Manyak” so‘zining o‘zi har qanday odamni seskantiradi. Chunki bir emas, bir nechta, boshqacha aytganda, seriyali qotilliklarni amalga oshirgan jinoyatchilar shunday nom oladi.

Yaqinda internet tarmoqlarida uch nafar voyaga yetmagan shaxsning umriga zomin bo‘lgan “manyak” xaqida xabarlar tarqaldi. Bu masalaga oydinlik kiritish, norasidalarga nisbatan bunday shafqatsizlikni amalga oshirgan shaxs kimligini aniqlash maqsadida O‘zA muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat qildi.

- Haqiqatdan ham Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida uch nafar voyaga yetmagan shaxsni qasddan o‘ldirish jinoyati sodir etilgani aniqlandi, - deydi Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Gulnoza RAHIMOVA. - Bu qilmishni sodir etgan Otaboyev Zohid Sunnatillayevichga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.

Tergovda aniqlanishicha, Oqqo‘rg‘on tumanining “Xonobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashagan Z.Otaboyev 2003 yilda tug‘ilgan Sh.M, 2005 yilda tug‘ilgan Yo.U, 2014 yilda tug‘ilgan O.S ni qasddan o‘ldirib, ularning murdasini o‘z hovlisiga ko‘mib qo‘ygan.

Bu voyaga yetmagan shaxslar turli yillarda bedarak yo‘qolgan bo‘lgan.

Z.Otaboyev ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, qamoqqa olingan. Hozirda zarur tezkor tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ijtimoiy tarmoqlarni larzaga solgan Oqqo‘rg‘onlik “Manyak” qamoqqa olindi