18:02 / 13.02.2018
5 497

Andijonda 9 nafar “valyutafurush” qo‘lga olindi (video)

Andijonda 9 nafar “valyutafurush” qo‘lga olindi (video)
MXXning Andijon viloyati boshqarmasi hamda Prokuratura huzuridagi Departament xodimlari o‘zaro hamkorlikda o‘tkazgan tadbir davomida, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahridagi Markaziy bozorda fuqaro Saydulla G‘oziyev “mijozi”ga 5500 AQSh dollari 8260 so‘m kurs bilan 45 mln. 430 ming so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shu kabi yana bir holat Andijon viloyati Izboskan tumanida ham aniqlandi. Tezkor tadbir natijasida fuqarolar Hotam va Hayot Obidjonov, Hojiakbar Yangiboyev hamda Sanjar Teshaboyev oldindan o‘zaro til biriktirib, xaridorga har bir AQSh dollarini 8250 so‘mdan kelishib, 7800 AQSh dollarini 64 mln. 350 ming so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Oltinko‘l tumanida ham noqonuniy valyuta savdosi aniqlangan bo‘lib, fuqarolar Umid Xolmirzayev, Qozim Ahrorov, Abdusamad Egamberdiyev va Aziz Usmonovlar xaridorga 6 ming 600 AQSh dollarini 8250 so‘mdan 54 mln. 450 ming so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda 9 nafar “valyutafurush” qo‘lga olindi (video)