21:00 / 13.02.2018
9 917

Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri lavozimidan ketdi

Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri lavozimidan ketdi
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Toirovich Mirzayev lavozidan ketdi. Bu haqda «KUN.UZ» ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, Zoyir Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimini saqlab qolgan.

Zoyir Mirzayev 2016 yilning kuzida Shuhrat Teshayev o‘rniga Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri bo‘lgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, vazirlik ikkiga ajratilgan: Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi.

Endilikda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Namangan viloyatining sobiq hokimi Bahodir Tursunovich Yusupov rahbar etib tayinlangan.

2009-2015 yillarda Namangan viloyatini boshqargan Bahodir Yusupov shu kunga qadar O‘zbekiston fermerlari Kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri lavozimidan ketdi