Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida kecha, 14 fevral kuni soat 11:35 larda viloyat IIB YHXB YPX inspektori kichik serjanti S.R. Beshkent shahridagi Hamza — Mustaqillik ko‘chalari chorrahasida xizmat olib borayotib, shu yerda harakatlanib kelayotgan M.M. boshqaruvidagi «Lada-Largus» rusumli avtomashinani to‘xtatgan.
Xodim haydovchi M.M.dan avtomashina hujjatlarini so‘raganida, u xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, unga qarshilik ko‘rsatib kichik serjant S.R.ning yuziga urib, jarohat yetkazgan va avtomashinani haydab, voqea joyidan qochib ketgan.
Natijada kichik serjant S.R. kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida M.M. qo‘lga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi