13:15 / 16.02.2018
6 449

Bugun Ahmadboyga so‘nggi so‘zini aytish imkoni beriladi

Bugun Ahmadboyga so‘nggi so‘zini aytish imkoni beriladi
Chinozlik “Ahmadboy”... 2015-2016 yillarda uning nomi yurtimizda keng tarqalgan edi. Xalq orasida “Ahmadboy”ning pulni ikki baravar qilib qaytarib berishi haqida xabar yashin tezligida tarqalgach, uning moliyaviy piramidasi o‘z atrofiga minglab fuqarolarni ilintirdi...

Juda ko‘pchilik uning bu beminnat “xizmati”dan foyda olishga umid qilgan edi. Ammo bu umid uzoqqa cho‘zilmadi. Negaki 2016 yilning iyul oyi o‘rtalarida “Ahmadboy” nomi bilan tanilgan chinozlik moliyaviy piramida asoschisi Ahmadjon Tursunboyev Hamidovichning noqonuniy faoliyati fosh etilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hibsga olingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi chinozlik "Ahmadboy" Tursunboyev ishi bo‘yicha yakuniy sud majlislarini o‘tkazmoqda.

Bugun, 16 fevral kuni sudlanuvchi Ahmadboy va uning sheriklariga so‘nggi so‘z aytish imkoni beriladi.

19 fevral kuni esa sud hukmi e’lon qilinishi kutilmoqda.

MA’LUMOT UChUN: mazkur holat bo‘yicha ilk taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Ahmadboy”ning moliyaviy piramidasi fosh etilganda uning uy-joyida o‘tkazilgan tintuvda 13 mlrd. so‘m va 7,9 mln. dollar naqd pul topilgan. Ahmadboy aholidan hech qanday kafolatsiz eng kamida yillik 100% ustama daromad va’dasi bilan milliy va xorijiy valyutalarda katta miqdorda pul mablag‘lari qabul qilgan. Ahmadboy uyidan topilgan daftarlardagi xabarlarga ko‘ra, pul berganlar soni 45 mingga yaqinni tashkil etgan. “Ahmadboy” nomi bilan tanilgan Ahmadjon Tursunboyevning fosh etilgan moliyaviy piramidasiga oid jinoiy ishda yana uning yana 5 nafar sherigi aybdor sifatida qo‘lga olingan.

Ularga nisbatan juda ko‘p miqdorda valyuta qimmatliklarini olish, o‘tkazish, noqonuniy tadbirkorlik, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish, faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlarini qasddan sodir etish kabi ayblovlar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Bu esa Ahmadjon Tursunboyevning to‘riga tushganlarning jabrdiyda bo‘lib qolishiga olib keldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun Ahmadboyga so‘nggi so‘zini aytish imkoni beriladi