23:50 / 16.02.2018
4 699

Bizning ochko‘zligimiz, ... moddiyatparastligimiz, ziqnaligimiz “Ahmadboy” timsolida zuhr bo‘ldi

Bizning ochko‘zligimiz, ... moddiyatparastligimiz, ziqnaligimiz “Ahmadboy” timsolida zuhr bo‘ldi
“Ahmadboy” jamiyatning yuzi – qozonda bori chiqadi. Har birimizdagi baxillik kurtak ochib, barg yozib, meva tugub ketganining alomati — “Ahmadboy”. Hech birimiz Allohga qarz bermaymiz, balandparvoz aytmasdan oddiy aytilsa: hech kim fizik yo ximik, yo biolog yo tarixchining loyihasi amalga oshishi uchun biror so‘m hadya yoki qarzni qo‘liga tutqazmaydi. Yo‘q, hamma “Pulim ikki hissa ko‘paysin”, deydi. Hech kim, masalan, Beruniyning hali chop etilmagan kitoblarini nashr qildirish uchun shu paytgacha biror so‘m bergan emas, bermaydi ham.

Yana teleekranda va yoki radioda, gazetada chiqib olib buyuk ajdodlarimiz bor deb “maqtanamiz”.

(Ma’lumot uchun: Beruniyning kamida 40 dan ortiq kitobi dunyo kutubxonalarida chang bosib yotibdi. Faqat o‘tgan asrning 60 yillarida 2 tagina kitobi o‘zbek tilida nashrdan chiqqan.)

Fikr taraqqiyoti uchun pul berishni hech kim targ‘ib qilmaydi. Buning uchun imkoniyatlar ochilgan bo‘lsa-da, hali hech kim bu borada o‘ylab ham ko‘rgan emas. Va shunisi ajablanarliki, manaviy taraqqiyot go‘yo hech birimizga kerak emasdek. Chunki AVRAL bor joyda hech qachon taraqqiyot bo‘lmaydi.

O‘tgan yilning shu oyida Amerikaning Sent-Pitersberg shahriga borgandik, shaharchadagi jamoatchilik radiosiga kirdik. Radio binosi 1979 yilda qurilgan, unga ketgan million-millon pulni xalq beribdi. Noyob usulda qurilgan radioni aylanib, tomosha qilib yurganimizda uch nafar kampirga duch keldik. Ular ushbu jamoatchilik radiosiga 100 ming atrofida yordam puli berishmoqchi ekanini aytdi. Biz hayron qoldik, lekin keyin bilsak bu narsa amerikaliklar uchun tabiiy narsa ekan.

XVI asrdan keyingi davrda Turkiston inqiroziga sabab uni imperiya bosib olib boyliklarni tashib ketgani, yerliklarning o‘z-o‘ziga baxillik qilgani edi. Yo‘q, imperiya zulm qilmadi, o‘zimiz aybdor edik. Imperiya boylikni ham tashib ketdi, ham tub aholidan boj undirib, soliq solib rus-tuzem maktablarini qurdi, temir yo‘l o‘tkazdi. Va yana minnat ham qildi. Bilamizki, ortimizda qolgan asrlarda jadidlar millatdagi to‘yu hashamlardan dod deyishgan, bu bejizga emas edi. To‘y-hashamlarning ko‘pligi saxiylik mevasi emas, aksincha, isrof va baxillik natijasi, bu esa insondagi eng qabih hayvoniy sifatdir.

Inson qadri o‘rtadan ko‘tarilgan, biz bir-birimizga bo‘rilardek qaraymiz, sal imkon bo‘lsa bir-birimizni g‘ajiymiz, buni shu kunlarda “Ahmadboy” misolida ko‘ryapmiz. “Ahmadboy” timsolida yuzimizga tutilgan oynadan o‘zimizni o‘zimiz tomosha qilyapmiz.

Bir talaba: “Qaniydi, menga, masalan, ijod fondi homiylik qilsa-yu, ingliz tilidan falon kitoblarni tarjima qilsam”, deb xayol qiladi.

Bitta tarixchi: “Qaniydi, oilamdagi moddiy muammoim bo‘lmasa-da, XVII-XIX arslardagi ijtimoiiy-siyosiy ahvolni bitta kitobda yoritsam”, deb xayolparastlik qiladi.

Yana bitta astronom, “Qaniydi kimdir menga homiylik qilsa-yu, men koinotdagi vaziyatlarni o‘rgansam”, deb hamkasbiga gapvozlik qiladi.

Va yana, yana bunday misollar tugamaydi…
Asad Karimov

Manba: darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bizning ochko‘zligimiz, ... moddiyatparastligimiz, ziqnaligimiz “Ahmadboy” timsolida zuhr bo‘ldi