15:03 / 17.02.2018
10 546

Shavkat Mirziyoyev: «Xalq bilan armiya bir bo‘lishi kerak»

Shavkat Mirziyoyev: «Xalq bilan armiya bir bo‘lishi kerak»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Kogon tumanidagi harbiy qismni borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonning yangi Mudofaa doktrinasiga muvofiq, tizimdagi birlashma va tuzilmalarning vazifalari takomillashtirildi. Qo‘shinlarning qurol-aslaha va aloqa vositalari ta’minlanishi yangi bosqichga ko‘tarildi. Harbiy xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligiga talablar oshirildi.

Harbiy qismda mudofaa tizimidagi islohotlarning borishi, Buxoro harbiy ma’muriy sektori faoliyati haqida axborot berildi.

— Xalq bilan armiya, mudofaa boshqarmalari bilan hokimlik bir bo‘lishi kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Harbiylar yoshlar bilan tez-tez uchrashib turishi, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shishi zarur.

Prezident harbiylarning xizmat va yashash sharoitlari bilan tanishdi. Askar va ofitserlar bilan suhbatlashdi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 28-29 yanvar kunlari Qarshi tumanidagi Xonobod harbiy aerodromiga ham tashrif buyurib, uchuvchilar bilan muloqot qilgan edi. Davlat rahbari harbiylar bilan uchrashuvda 1994 yilda asos solingan Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti Qashqadaryoga ko‘chirilishi haqida ma’lum qilgandi.

Shuningdek, Prezident Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida bundan buyon hududlarda bo‘ladigan xizmat safarlarining ikkinchi kunida shu hududdagi harbiy-ma’muriy sektorlardagi ahvolni har tomonlama o‘rganib chiqishini ta’kidlagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Xalq bilan armiya bir bo‘lishi kerak»