21:39 / 17.02.2018
7 278

“Alloh” kalomi bitilgan mo‘’jiza "Mehribonlik uyi"da parvarishlanmoqda

“Аллоҳ” каломи битилган мўъжиза "Меҳрибонлик уйи"да парваришланмоқда
Jizzaxdagi 29-Mehribonlik uyiga Yaratganning nazari tushgan, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi, tanasida arab yozuvida Alloh so‘zi bitilgan baliq aynan shu yerda parvarishlanmoqda. Bu haqda Jizzaxdan KUN.UZ muxbiri Akmal Binokulov xabar bermoqda.

Allohning o‘z yaratuvchilariga mehri balandligi bois aynan mehrga tashna bo‘lgan ushbu mehribonlik uyida uning yozuvi ostidagi jonzotning borligining o‘zi buyuk mo‘’jizadir.

Uning tanasidagi yozuvlarni mehribonlik uyiga tashrif buyurgan imom-xatiblardan biri tasodifan ko‘rib qoldi. Eng qizig‘i baliqning tanasidagi yozuvlar qorong‘i tushishi bilan yo‘qoladi. Lekin kun yorishishi bilan yana paydo bo‘ladi.

Jizzaxdagi ushbu 29-Mehribonlik uyi 1994 yilda tashkil etilgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 88 nafar bola uchun barcha shart-sharoitlar mujassam maskanda, bolalarga 68 nafar xodim o‘z mehrini berib kelmoqda.

- Muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2016 yilda tarbiyalanuvchilar uchun 1 ta avtobus, 1 ta Damas, 15 dona kompyuter jamlamasi, 5 ta yangi rusumli televizor, 92 nomdagi 500 ta badiiy adabiyot va turli xildagi kitoblar sovg‘a qilindi, - deydi 29-Mehribonlik uyi rahbari Norqul Tog‘ayev. - Bu mehr va e’tiborning uzviy davomi sifatida 2017 yilda Mustaqillik bayrami arafasida sun’iy qoplamali futbol maydoni, qurib yoshlarga foydalanishiga topshirildi.

Mehribonlik uyi kutubxonasida 4000 dan ortiq badiiy va bolalar adabiyotlari mavjud.

Tarbiyalanuvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kasbga yo‘naltirish maqsadida tarbiyalanuvchilar uchun 1 va 2-sonli Bolalar musiqa va san’at maktablarida 8 ta yo‘nalish bo‘yicha to‘garaklar faoliyat yuritmoqda. Viloyat “Barkamol avlod” markazi tomonidan texnik yo‘nalishda 1 ta (avia model) to‘garagi tashkil etilgan.

Muassasada tarbiyalanuvchilar uchun sportning qo‘l jangi, Turon yakka kurashi va boks turlari bilan malakali mutaxassislar mashg‘ulot o‘tkazishadi.

Tarbiyalanuvchilarning sportdagi yutuqlari ham talaygina. Xususan, 7-sinf o‘quvchisi Quvonchbek Nuriddinov sportning boks turi buyicha 2018 yilda Toshkent viloyatida o‘tkazilgan xalqaro turnirda faxrli o‘rinni egalladi.

Tarbiyalanuvchilarning yozgi sog‘lomlashtirish ishlari muassasa tasarrufida bo‘lgan Zomin tumanida joylashgan “Lochin” bolalar yozgi oromgohida amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Alloh” kalomi bitilgan mo‘’jiza "Mehribonlik uyi"da parvarishlanmoqda