15:40 / 18.02.2018
5 054

"O‘lganning ustiga tepish..."

"Ўлганнинг устига тепиш..."
Sobiq sho‘rolar davridagi davlat boshliqlaridan biri katta minbarda turib, shirakayf ahvolda shunday degan ekan:

“Nega qadimda dunyodagi eng mashhur va bilimdon olimlaru faylasuflar faqat O‘rta Osiyodan chiqqan, bilasizlarmi?

Ularni o‘zbek yo qozoq yoki turkman yoxud qirg‘iz bo‘lgan deb o‘ylaysizmi?

Aslo, unday emas: ularlarning millati ARAB bo‘lgan.

Agar ular rostdan ham turkiy bo‘lganda, nega xozirgi vaqtda SIZlardan olimu faylasuflar tug‘ilmayapti?

Bilib qo‘ying: SIZlardan faqat qora mexnatkashlaru, ilg‘or paxtakorlar chiqishi mumkin!”

Bu gaplarga ko‘pchilik “ha endi, bir alkash aytdi, o‘tdi-ketdi” deb e’tibor berishmagan.

Ayrim ziyoli vatandoshlarimiz esa, bu gap hali hanuz yuragida ulkan dog‘dek turganini e’tirof etishadi...

O‘lganning ustiga tepish... qilaymi?

Hozirda bizning yoshlardan faqatgina ruslarning qurilishida ishlaydigan ilg‘or ishchilar, qariyalarimizdan esa ruslarning dachasini qorovullash bilan birgalikda itini yoki cho‘chqasini boquvchi ilg‘orlar chiqayapti!

Beruniy-yu Jaloliddin Manguberdi onalari! Ruslarning xojatxonalarini tozalab hormanglar endi?!

Lo‘lining otini sug‘or – pulini ol, bizga 300 dollar halol!
Qadamboy OTABOYeV

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "O‘lganning ustiga tepish..."