13:30 / 21.02.2018
4 547

Toshkent yuridik kollejida kursdoshini pichoqlagan o‘quvchi 5 yilga qamaldi (video)

Toshkent yuridik kollejida kursdoshini pichoqlagan o‘quvchi 5 yilga qamaldi (video)
Toshkent yuridik kollejida 2017 yil oktyabrida yuz bergan pichoqbozlik holati yuzasidan 20 fevral kuni Uchtepa tuman sudi asosiy ayblanuvchi — Saidkamron Saidvohidovga nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturida xabar berildi.

Xabar berishlaricha, Saidvohidovga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida, jinoyatlar majmui tariqasida tayinlangan har xil turdagi jazolarni qisman qo‘yishlik yo‘li bilan, uzil-kesil o‘tashlik uchun 5 (besh) yil muddatga ozodlikdan mahrum etishjazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 6 oktyabr kuni Toshkent yuridik kollejida 3-kurs talabalari o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqib, Saidkamron Saidvohidov o‘zining ikki kursdoshi — Asadbek Parpiboyev va Rahmatilla Yorqoriyevga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan edi. Hodisa oqibatida Parpiboyev vafot etgan, Yorqoriyevga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Keyinroq, mazkur pichoqbozlik holatiga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham e’tibor qaratib, shunday degan edi: “O‘quvchi ochiqdan ochiq yonida pichoq olib yursa, unga hech kim indamasa, nazorat qilmasa, bunga kim javob beradi?”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent yuridik kollejida kursdoshini pichoqlagan o‘quvchi 5 yilga qamaldi (video)