00:10 / 22.02.2018
7 413

Surxondaryoda 4 kishi yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi

Surxondaryoda 4 kishi yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi
Illyustrativ surat
Foto: “Fotodtp.net”

2018 yilning 20 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida ro‘y bergan avtohalokat natijasida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

Voqea 20 fevral kuni soat ertalabki yettilarda ro‘y bergan. Xabarda qayd etilishicha, 1988 yilda tug‘ilgan T.Shamatov o‘zining “Lasetti” rusumli avtomashinasini O‘rikli mahallasi hududidan o‘tuvchi “Bishkek—Dushanbe—Termiz” M-41 yo‘lining 1553-kilometrida haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan hamda yo‘lning chap tomonidagi ariqqa tushib ketgan.

Hodisa natijasida avtomashina haydovchisi jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. Mashinada bo‘lgan yo‘lovchilar Z.Mardonova, D.Jo‘rayev, M.Abduxayirova hamda T.Eshmirzayevalar voqea joyida halok bo‘lishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda 4 kishi yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi