00:04 / 23.02.2018
10 238

Notarius xizmati uchun to‘lovni amalga oshirish tartibi o‘zgardi

Notarius xizmati uchun to‘lovni amalga oshirish tartibi o‘zgardi
Notarial harakatlar uchun belgilangan to‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kelib tushganidan so‘ng amalga oshirilishi e’lon qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining tegishli buyrug‘ida shunday deyilgan.

Ma’lum qilinishicha, notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxslarga notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun to‘lovlar bo‘yicha kvitansiyalar endi Tizim orqali chiqarib beriladi.

Shundan so‘ng, to‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yig‘majildiga tikiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Notarius xizmati uchun to‘lovni amalga oshirish tartibi o‘zgardi