18:21 / 23.02.2018
6 296

O‘zbekistonga “Coca-Cola”ning eski brendi qaytadi

O‘zbekistonga “Coca-Cola”ning eski brendi qaytadi
“Coca-Cola” kompaniyasi O‘zbekistonga “FuseTea” yaxna choy ishlab chiqarishni qayta tiklashga qaror qildi. Bu haqda “Xabar” nashri xabar berdi.

“Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd” MCHJ bosh direktori Faxriddin Normatovning aytishicha, joriy yilda kompaniya yangi turdagi mahsulotlar, jumladan, “FuseTea” brendini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

2018 yil hisobidan kompaniya 50 milliondan ortiq yunitkeyslar hajmida ichimliklarni ishlab chiqarish va sotish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “FuseTea” yaxna choyi O‘zbekiston bozorlarida bir necha yil avval yo‘qolib ketgan edi. Umuman olganda, respublikada kompaniyaning mahsulot liniyasi 5 ta markaga ega bo‘lib, ular orasida “Coca-Cola” eng mashhuri hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga “Coca-Cola”ning eski brendi qaytadi