17:51 / 24.02.2018
5 373

Evakuatorchiga kim haq to‘laydi: sug‘urta kompaniyasimi yoki haydovchi?

Evakuatorchiga kim haq to‘laydi: sug‘urta kompaniyasimi yoki haydovchi?
“Falokat ekan, yaqinda mashinamni urib oldim, evakuator chaqirishga to‘g‘ri keldi. Evakuatorchi pul talab qilyapti, uni sug‘urta kompaniyasi pul to‘lashi kerakmasmi? Axir majburiy sug‘urtam bor-ku?” (Samarqand viloyati)

Mazkur fuqaroning savoliga Adliya vaziriligining “Huquqiy axborot” kanalida berilgan javobni Xabar nashri ma’lum qiladi.

“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonunga asosan, transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga ko‘ra sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanuvchilarga ularning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga ushbu sug‘urta hodisasi oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi.

Ya’ni mazkur shartnoma turida evakuator xizmatiga sug‘urta tashkiloti pul to‘lashi nazarda tutilmagan. Ixtiyoriy sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urtalangan transport ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda, shartnomaga muvofiq, evakuator xizmatiga sug‘urta kompaniyasi pul to‘lashi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Evakuatorchiga kim haq to‘laydi: sug‘urta kompaniyasimi yoki haydovchi?