16:15 / 27.02.2018
6 443

Yuzlab fuqarolar O‘zbekistonga kirish uchun “Do‘stlik” postida soatlab navbatda turibdi - qirg‘iz OAV

Yuzlab fuqarolar O‘zbekistonga kirish uchun “Do‘stlik” postida soatlab navbatda turibdi - qirg‘iz OAV
Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasidagi “Do‘stlik” nazorat-o‘tkazish punktida har kuni fuqarolar chegarani kesib o‘tish uchun soatlab navbatlarda turishga majbur, deb yozmoqda Kun nashri Turmush.kg xabariga asoslanib.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, har kuni nazorat-o‘tkazish punkti orqali taxminan 12 ming kishi o‘tadi. Qirg‘iziston fuqarolari davlat chegarasidan o‘tish uchun ertalabki soat to‘rtdan navbatda turishlari kerak ekani aytilmoqda. Fuqarolarning bildirishicha, navbatlar paydo bo‘lishiga chegaraoldi hududida yuklarni olib o‘tish bilan shug‘ullanuvchi savdogarlar turtki beryapti. Qorasuv tumanida yashovchi Lobarxan Saifnazarova nazorat-o‘tkazish punktiga ertalabki taxminan soat 6da kelgan. U 4-5 soat kutib, baribir davlat chegarasini kesib o‘tib, O‘zbekiston hududiga kira olmadi. “Biz prezidentlarga chegarani ochishgani uchun minnatdormiz. Bu bizga qarindoshlar bilan ko‘proq ko‘rishish imkonini berdi. Biroq, chegaradan o‘tish rejimi soddalashtirilsa yaxshi bo‘lardi. Odamlar soatlab navbatda turishga majbur”, - degan u.

“Do‘stlik Avtodorojnыy” nazorat-o‘tkazish punkti boshlig‘i Bakit Zulfiqorovning so‘zlariga ko‘ra, yuklarga ega savdogarlar NO‘Pni sutkasiga 4-5 marta kesib o‘tadi, bu navbatlar paydo bo‘lishiga ta’sir qiladi. “Har kuni chegaradan 10-12 ming kishi o‘tadi. NO‘P o‘tkazish imkoniyati sutkasiga 7 ming kishini tashkil etadi. NO‘Pda hujjatlarni tekshirish bo‘yicha 10 oyna ishlamoqda – 5tasi chegarani kesib o‘tishda, 5tasi – ortga qaytishda”, - deya aytib o‘tdi u.

Qayd etilishicha, chegarani kesib o‘tish bo‘yicha cheklovlar bekor qilinganidan so‘ng yuklarni pul evaziga chegara orqali olib o‘tuvchi ko‘plab fuqarolar paydo bo‘ldi. Ular o‘z xizmatlari uchun 300 dan 800 somgacha oladi. Hammasi tovar hajmiga bog‘liq. Ulardan biri – Dilmurod Boymatov bo‘lib, u o‘z aka-ukalarining yukini olib o‘tish bilan shug‘ullanadi. “Akam Qorasuvda ishlaydi. U maishiy texnikani o‘sha yerda sotib oladi va NO‘Pga olib keladi. Men navbatda turaman, so‘ng texnika bilan o‘taman. Akam daromaddan 30 foizni menga beradi. Taxminan bir hafta avval shu ish bilan shug‘ullanishni boshladim”, - deya aytib o‘tdi D. Boymatov.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuzlab fuqarolar O‘zbekistonga kirish uchun “Do‘stlik” postida soatlab navbatda turibdi - qirg‘iz OAV