“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati joriy yil 18 martdan 22 martgacha bo‘lgan kunlarida mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poyezdlar yo‘l haqini teng yarmiga arzonlashtirdi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar berdi.
Yo‘lovchilar besh kun davomida mahalliy yo‘nalishlarga qatnovchi barcha poyezdlar, shu jumladan, “Afrosiyob” poyezdlarida ham oilaviy, jamoa, talabalar, o‘quvchilar hamda nafaqadagilar uchun yo‘l chiptasining tarif qismidan 50 foizgacha chegirma joriy qilindi.
Avvalroq, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi ham ichki reyslar uchun Navro‘z bayrami kunlarida 50 foizgacha chegirma e’lon qilganini xabar qilgandik.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmonida Navro‘z bayramini nishonlash kunlarida yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratilishi belgilab berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?