17:57 / 02.03.2018
5 808

Bosh prokuratura “temir prokuror” laqabli Mira’lam Mirzayevning qo‘lga olinganini rad etdi

Bosh prokuratura “temir prokuror” laqabli Mira’lam Mirzayevning qo‘lga olinganini rad etdi
Bugun “Zamin.uz” sayti internet nashrlarning xabariga tayanib, Toshkent shahar prokurorining korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari, adliya katta maslahatchisi Mira’lam Mirzayevning qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi.

Bugun Bosh prokuraturaning rasmiy saytida ushbu xabarga nisbatan quyidagicha raddiya e’lon qilindi.

«Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi sobiq bosh prokurori R.Qodirovga nisbatan Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev va uning oila a’zolari ushlanganligi to‘g‘risida xabar tarqatilgan.

Bosh prokuratura ushbu ma’lumot haqiqatga muvofiq emasligini ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura “temir prokuror” laqabli Mira’lam Mirzayevning qo‘lga olinganini rad etdi