20:32 / 03.03.2018
14 865

O‘zbekiston xalq artistiga qo‘yilayotgan ayblov aniq! U bosqinchilikda gumonlanmoqda

O‘zbekiston xalq artistiga qo‘yilayotgan ayblov aniq! U bosqinchilikda gumonlanmoqda
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbek davlat sirkining sobiq bosh direktori Bahrom Jalilovich Majidovga nisbatan qidiruv e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan sirkning sobiq bosh direktori 1955 yil 11 dekabr kuni tavallud topgan. U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi 3-qismida keltirilgan jinoyatlarni sodir etishda gumonlanmoqda.

Xo‘sh, Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismida nima deyilgan?

Bosqinchilik:
a) takroran, xavfli retsedivist yoki ilgari ushbu kodeksning 242-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ko‘p miqdorda;
v) uy-joyga, omborxona yoki boshqa binolarga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan holda;
g) badanga og‘ir shikast yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Jinoyat kodeksining 242-moddasida nima deyilgan?
Jinoiy uyushma tashkil etish, ya’ni jinoiy uyushma yoxud uning bo‘linmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud bo‘lishi va ishlab turishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat – o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Uyushgan qurolli guruh tuzish, shuningdek unga rahbarlik qilish yoki unda ishtirok etish – o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlik mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qiziq, O‘zbek davlat sirkining sobiq rahbari nahotki bosqinchilik jinoyatini sodir etgan bo‘lsa.

Qo‘lga olinayotgan rahbarlarning biri poraxo‘r, ikkinchisi mansabidan manfaati yo‘lida foydalansa, yana boshqasi bosqinchi bo‘lib chiqsa, biz lavozimlarni shuncha vaqt kimlarga ishonib topshirganmiz? Bu savol shu haftaning eng dolzarb savoli bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston xalq artistiga qo‘yilayotgan ayblov aniq! U bosqinchilikda gumonlanmoqda