22:01 / 03.03.2018
5 656

“Fan to‘g‘risida”gi qonun: ilmiy xodimlar uy-joylar bilan ta’minlanadi

“Fan to‘g‘risida”gi qonun: ilmiy xodimlar uy-joylar bilan ta’minlanadi
O‘zbekiston mustaqilligi tarixida ilk bor Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab “Fan to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi ko‘zda tutilmoqda. Bu qonun muhokama uchun O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasiga qo‘yilgan.

Mutaxassislarning fikricha, bugungi kunda O‘zbekiston qonunchiligida ilm-fan sohasida konseptual apparatlarga ega, istiqbolli ilmiy ishlanmalarni sinovdan o‘tkazib, ularni tadbiq qilish va sanoatni rivojlantirishning samarali mexanizmlarini yaratib beradigan yagona qonun hujjati yo‘q.

Innovatsion rivojlanish vazirligi ushbu qonunga quyidagicha izoh bergan:

“Xorijiy tajribani o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, dunyoning ko‘plab etakchi davlatlari, shu jumladan, AQSH, Fransiya, Germaniya, Koreya, Rossiya va boshqalar ilmiy faoliyat uchun mas’ul bo‘lgan qonunlarni qabul qilgan.

Shu munosabat bilan qonun loyihasining asosiy vazifalari ilmiy-texnika sohasi, davlat organlari va iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishdir”.

Ma’lumot o‘rnida, hujjatda 8 ta bo‘lim va 42 ta modda mavjud. Bundan tashqari, ilmiy va texnologik faoliyat sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish tamoyillari, mexanizmlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Eng etiborli jihati – ahlining ijtimoiy himoyasi kafolatlangani. Masalan, fan doktori va doktorlik darajasiga ega bo‘lgan davlat idoralarining xodimi maoshi, soliqlarni hisobga olmagan holda, mos ravishda, eng kam ish haqining ikki barobaridan uch barobariga oshiriladi.

Bundan tashqari, hujjatda davlat ilmiy jodimlari va oliy o‘quv yurtlari ilmiy xodimlarining 5 yil uzluksiz ish tajribasiga ega bo‘lgani holda imtiyozli uy-joy bilan ta’minlanish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Bu holatda fan doktorlari, professorlar, shuningdek, fan nomzodlari va dotsentlar qo‘shimcha ravishda 20 va 10 kvadrat metrlik turar-joy maydoni yoki bir xonalik uyga ega bo‘lishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Fan to‘g‘risida”gi qonun: ilmiy xodimlar uy-joylar bilan ta’minlanadi