22:20 / 03.03.2018
4 495

“O‘zbekistonga yo‘l... Afsonaviy minoralar va bozorlar”

“O‘zbekistonga yo‘l... Afsonaviy minoralar va bozorlar”
Saudiya Arabistonida nashr etiladigan “Ash-Sharq al-Avsat” gazetasi sihifasida “O‘zbekistonga yo‘l... Afsonaviy minoralar va bozorlar” sarlavhali maqola bosilib chiqdi, deb xabar bermoqda “Jahon” AA.

Unda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston bo‘ylab sayohat respublikaning boy tarixi bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Sayohat chog‘ida Samarqand, Buxoro va Xorazmning mo‘jivaziy go‘zalligi, intellektual boyligi va ko‘p madaniyatlilikni o‘zida jo etgan qadriyatlaridan bahramand bo‘lish mumkin.

Nashr sayyohlar uchun vizual, intellektual va madaniy taassurotlar eshigini ochadigan eng muhim beshta sababga asosiy e’tibor qaratgan.

Birinchisi – bir necha yuz yillar davomida nafaqat savdogarlar, balki rassomlar, shoirlar, diniy allomalaru mutafakkirlar Sharqdan G‘arbga va aksincha yo‘nalishda sayohat qilgan, madaniyatlar boyishining chorrahasi bo‘lib xizmat qilgan ko‘hna Buyuk Ipak yo‘li bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyatligi.

Ikkinchidan, O‘zbekistonning YUNЕSKO Butunjahon merosi ro‘yxatidan joy olgan tarixiy shaharlari va yodgorliklari bilan tanishish. Masalan, Registon maydoni Ipak yo‘lining yirik savdo va madaniy markazi hisoblanadigan afsonaviy Samarqandning yuragi va mo‘jizasidir.

Bundan tashqari, O‘zbekiston tabiiy go‘zallikda ham noyob va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu, ayniqsa, ekosayyohlik ishqibozlarini o‘ziga jalb qiladi. Saudiya Arabistoni gazetasining tasdiqlashicha, bu uchinchi sabab hisoblanadi.

To‘rtinchisi, deb yozadi nashr, o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi, betakror ta’mi va mazaliligi bilan ajralib turadigan milliy oshxonasi hamda serquyosh o‘lkaning meva-chevalarga mo‘l-ko‘lligi.
O‘zbekiston milliy san’at ixlosmandlari uchun ham ajoyib mamlakat ekanligi beshinchi sabab hisoblanadi. Chunki o‘zbeklar zamini gavjum bozorlari, ajoyib xiyobonlari, qo‘lda tayyorlanadigan noyob hunarmandchilik mahsulotlari, qog‘oz, teri va yog‘ochdan tayyorlanadigan rang-barang buyumlari bilan ham mashhur.

Muxtasar qilib aytganda, mamlakatimizning sayyohlik nuqtai nazaridan naqadar jozibador ekanligi ushbu maqolada atroflicha ochib berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “O‘zbekistonga yo‘l... Afsonaviy minoralar va bozorlar”