22:38 / 04.03.2018
7 439

Elektron hukumat reytingi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda? (infografika)

Elektron hukumat reytingi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda? (infografika)
Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat reytingi jahon mamlakatlarida axborot jamiyati qanchalik taraqqiy etayotganini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri sanaladi.

BMTning elektron hukumatni rivojlantirish indeksi(E-Government Development Index)da mamlakatlarning mavqei ularning umumiy indeksi asosida belgilanadi. Bu indeks uch omildan shakllantiriladi:
  • davlat hokimiyati organlarining veb-hozirligi (onlayn xizmatlar);
  • telekommunikatsiyalar infratuzilmasi;
  • inson kapitali.

2016 yilning 28 iyulida e’lon qilingan BMTning yangi “E-Government Survey 2016” reytingida o‘z ko‘rsatkichlarini birmuncha yaxshilagan O‘zbekiston 20 pog‘ona yuqorilab, 80-o‘rinni egalladi. Davlat onlayn xizmatlari va inson kapitali yo‘nalishlari mamlakatimizga yaxshi reyting ochkolarini keltirdi.

2016 yili Buyuk Britaniya uzoq yillar yetakchilik qilib kelgan Koreya Respublikasi o‘rniga birinchi pog‘onaga chiqib oldi. Avstraliya va Koreya Respublikasi ikkinchi va uchinchi o‘rinlardan joy oldi.

2014 yilga nisbatan besh pog‘ona yo‘qotgan Qozog‘iston 33-o‘rinda, sakkiz pog‘ona pastlagan Rossiya 35-o‘rinda, Belarus va Ukraina 49- va 62-o‘rinlarni band etdi.

Elektron hukumatni taraqqiy ettirish reytingida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori indeks — 1. Reyting yetakchisi — Buyuk Britaniyada bu ko‘rsatkich 0,9193 ga teng, O‘zbekistonda — 0,5434, reytingda eng oxirgi 193-o‘rinda turgan Somalida — 0,0270. Jahon bo‘yicha bu boradagi o‘rtacha indeks 0,4922 hisoblanadi. Bundan past natijaga ega mamlakatlarda elektron hukumat faoliyati qoniqarsiz yoki, boshqacha aytganda, yarim kuchi bilan ishlamoqda.

Elektron hukumat reytingi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Elektron hukumat reytingi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda? (infografika)