08:33 / 05.03.2018
4 513

Qo‘pol munosabat qanday jazolanadi?

Qo‘pol munosabat qanday jazolanadi?
Savol:
Aytaylik, men o‘z xonadonimdagi buzilib qolgan chang yutgich va muzlatgichni maishiy texnika ta’mirlash ustaxonasiga ta’mirlash uchun olib bordim va ustaxona xodimi menga uch kundan so‘ng kelib olib ketishim mumkinligini tayinladi. Kelishilgan kuni ustaxonaga kelganimda ustaxona xodimi men bergan chang yutgich va muzlatgichni tuzatmaganligini aytib, yana ikki kundan so‘ng kelishimni tayinladi. Aytilgan kun kelganimda esa ustaxona xodimi mendan hech qanday buyum olmaganligini aytib, qo‘pollik bilan xohlagan joyimga borishim mumkinligini ta’kidladi. Men esa nima qilishimni xam bilmay qoldim. Shunday holatda iste’molchi huquqi buzilgan hisoblansa, menga yetkazilgan zarar va iste’molchi sifatidagi xaq xuquqlarimni qanday tiklashim mumkin?

Javob:
Bunday hollarda huquqi poymol bo‘lgan shaxs huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishi zarur. Iste’molchiga yetkazilgan moddiy zarar qoplanishi uchun iste’molchi ustaxona sotuvchisi yoki xodimi bilan chang yutgich va muzlatgichni tuzatib berish haqida kelishilgan og‘zaki kelishuvni asoslovchi hujjat, ya’ni yozma ravishda tuzilgan shartnoma yoki og‘zaki kelishuvni asoslovchi hujjat taqdim qilishi lozim. Yoki bo‘lmasa xizmat uchun oldindan to‘langan to‘lov cheki ham asos bo‘la oladi. Bunday shartlar iste’molchi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga taqdim qilinmagan hollarda iste’molchi huquqi va unga yetkazilgan zarar undirib berila olmasligiga sabab bo‘lib qoladi.

Iste’molchi shunday holatga tushib qolmasligi uchun, birinchi navbatda, sotuvchi yoki ustaxona xodimi yoxud har qanday sohada ham xizmat ko‘rsatuvchi bilan yozma yoki og‘zaki ravishda shartnoma tuzishi lozim. Og‘zaki tuzilgan shartnomaga asosan iste’molchi tomonidan taqdim qilingan buyumni ustaxona xodimi haqiqatdan ham olib qolganligi to‘g‘risida ma’lumotni iste’molchiga berishi, agar ma’lumot berilmagan taqdirda iste’molchi bunday ma’lumotni talab qilib olishi lozim. Ma’lumot olinganidan so‘ng ular o‘rtasida tuzilgan kelishuv shartlarining bironta talabi bajarilmagan, sifatsiz ta’mirlangan, yoxud yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda olingan ma’lumot iste’molchi huquqini himoya qila olishga asos bo‘ladi. Shunday ekan iste’molchi o‘z huquqini talab qilish bilan bir qatorda iste’molchiga yuklatilgan majburiyatlarni ham amalga oshirishi lozim.

Manba: Tasvir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘pol munosabat qanday jazolanadi?