7 030
Tojikiston poytaxtida Shavkat Mirziyoyevni 12 mingdan ortiq talaba kutib oladi (video)
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9 mart kuniga belgilangan davlat tashrifiga tayyorgarlik hozirdan boshlangan. OAVlarning xabariga ko‘ra, Tojikiston oliygohlari talabalari va maktablarning yuqori sinf o‘quvchilaridan iborat ja’mi 12 ming odam Mirziyoyevni kutib olish ssenariysi bo‘yicha repetitsiya qilinmoqda.
Talabalar aeroport yo‘lida prezident Mirziyoyev kelgan payt ikki mamlakat bayroqlarini silkitib turadi.
Опубликовано Ёкубом Халимовым 2 марта 2018 г.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 mart kuni Tojikistonga davlat tashrifi bilan boradi. Bu Shavkat Mirziyoyevning prezident lavozimiga o‘tirganidan buyongi Tojikistonga ilk davlat tashrifi bo‘ladi.
1 mart kuni O‘zbek-Tojik chegarasida o‘nta nazorat-o‘tkazish nuqtasi ochilganini qo‘shni xalqlar katta tantana bilan qarshi olgan edi.
Mahalliy jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra Tojikistonliklar Shavkat Mirziyoyevga katta umidlar bilan qaramoqda.Chunki Islom Karimov O‘zbekistonni boshqargan paytda O‘zbekiston tomonidan ikki qo‘shni mamlakat orasida viza tartibi joriy qilinib, chegaralar yopilgan, ayrim joylari minalashtirilgandi. Hozir tojikistonliklar ikki mamlakat orasida viza tartibining bekor qilinishini sabrsizlik bilan kutishmoqda.
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga safari davomida ikki qo‘shni mamlakat orasidagi chegara, iqtisodiy, savdo, madaniy hamkorliklarga oid bir qator muhim hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?