21:12 / 07.03.2018
5 523

“Jannatdan daraklar”. Statistika qo‘mitasidan “kutilgan” taqqos

“Jannatdan daraklar”. Statistika qo‘mitasidan “kutilgan” taqqos
Xo‘sh, oylik maoshlar ham shu darajada oshdimi? Albatta, yo‘q. Agarda shunday bo‘lganda, 2016 yilda 1 million so‘m oylik olgan odam, 2017 yilda 1 million 300 ming maosh olishi kerak emasmidi?!

Statistika qo‘mitasi “turmush darajasi” atamasini tushuntirishga urindi. Shu maqsadda 2017 yilgi ayrim statistik ko‘rsatkichlarni avvalgi yillar hamda boshqa davlatlardagi ko‘rsatkichlar bilan taqqosladi.

Yozilishicha, 2000 yilda odamlar oziq-ovqat mahsulotlariga daromadining 61,4 foizini sarflagan bo‘lsa, 2017 yilda bu ko‘rsatkich 47,2 foizni tashkil etgan.

Shu o‘rinda qo‘mita tomonidan e’lon qilingan “2017 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektorida inflyatsiya” deb nomlangan hisobotga e’tibor qaratish zarur. Unda qayd etilishicha, asosiy iste’mol mahsulotlari bo‘lgan go‘sht, parranda va baliq mahsulotlari o‘tgan yilda 2016 yildagiga nisbatan 30 foizga, tuxum 36,1 foizga, shakar 28,8 foizga oshgan.

Xo‘sh, oylik maoshlar ham shu darajada oshdimi? Albatta, yo‘q. Agarda shunday bo‘lganda, 2016 yilda 1 million so‘m oylik olgan odam, 2017 yilda 1 million 300 ming maosh olishi kerak emasmidi?!

Bundan kelib chiqadiki, odamlar kamroq ovqatlanishga o‘tgan. Yo‘q! Biz adashibmiz.

Maqolada keltirilishicha, 2017 yilning yanvar-dekabr oylarida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan iste’mol hajmi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan go‘sht va go‘sht mahsulotlari 43 kg ni tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 127,1% ga oshgan. Shuningdek, sut mahsulotlari 270 kg ni (2000 yilga nisbatan 1,7 marta), tuxum 215 donani (4,6 marta), sabzavot va poliz ekinlari 277 kg ni (2,2 marta), kartoshka 55 kg ni (1,5 marta), shakar va qandolat mahsulotlari 31 kg ni (2 marta), meva va rezavorlar 145 kg ni (3,5 marta) tashkil etgan.

Xo‘sh, kimga yoki nimaga ishonasiz? Statistika mutaxassislarining ko‘zni quvnatadigan ko‘p nolli raqamlarigami yoki bozordagi narxlarning faqat oshishiga o‘rganib qolgan o‘z ko‘zlaringizgami?!

Darvoqe, mualliflarning ishontirishicha, O‘zbekiston aholisining oziq-ovqat uchun sarf qilayotgan xarajati MDH davlatlarnikidan ko‘p farq qilmaydi. Yuqorida qayd etilganidek, bizda umumiy daromadning 47,2 foizi oziq-ovqat mahsulotlariga xarajat qilinsa, Rossiya Federatsiyasida bu ko‘rsatkich – 38%, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘istonda 40% dan yuqorini, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ukrainada 50% dan yuqorini tashkil etar ekan.

Maqolada bunday taqqoslar juda ko‘p. Biz bor-yo‘g‘i ulardan bittasini olib oddiy inson ko‘zi bilan qarab, tahlil etishga urindik.

Albatta, statistika qo‘mitasi mutaxassislari ushbu yozganlarimizni noprofessonallikka yo‘yishlari aniq. Unda ham bizning javobimiz tayin: Siz bu kabi maqolalarni shunday yozingki, biz kabi no‘noq, g‘o‘r kimsalar ularni tahlil etish narida tursin, munosabat bildirishga ham jur’at etolmay qolaylik.

Hozircha esa buni “Statistika qo‘mitasidan “KUTILGAN” taqqos” deyishdan boshqa ilojimiz yo‘q. “KUTILMAGAN” deyishga ma’naviy haqqimiz yo‘q!

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Jannatdan daraklar”. Statistika qo‘mitasidan “kutilgan” taqqos